Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada tungi iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi qarori loyihasida keltirilgan.
Loyihaga koʻra, Toshkent shahar hokimligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent Farmatsevtika institutini Toshkent viloyatida joylashgan “Tashkent 10 Pharma Park” hududiga koʻchirilishi koʻzda tutilmoqda. Boʻshagan yer maydonida 1 000 oʻrinlik avtoturargoh qurib, davlat tasarrufiga oʻtkazish majburiyati bilan zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona barpo etiladi.








