Taʼkidlanishicha, yovvoyi hayvonlarni tutqunlikdan yovvoyi tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborish — juda murakkab va masʼuliyatli vazifa. Oʻzi uchun hech qachon ozuqa topmagan va ov qilishni bilmaydigan, umr boʻyi odamning qoʻlidan ovqat yegan va undan qoʻrqmaydigan ayiq och qolganda darrov duch kelgan aholi punktiga boradi va qoʻrqib ketgan odamlar tomonidan oʻldiriladi.

Tutqunlikda tugʻilib oʻsgan va ota-onasi tarbiyasini olmagan jonivorlar oʻz qardoshlari bilan til topisha olmaydi, ovqat topa olmaydi, boshqa jonivorlar bilan raqobatlasha olmaydi va kuchliroq raqibdan himoyalana olmaydi. Turli yuqumli kasalliklar va jarohat yetishi ehtimolini ham nazardan qochirmaslik kerak.

Asosiysi esa — ular jonivor uchun eng katta xavf tugʻdiradigan ovchi, brakonyerlarni farqlamaydi va ular bilan uchrashuvdan qochib qutulib qola olmaydilar.

– Zuzu yovvoyi tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborishga tayyor emas, – deydi Toshkent hayvonot bogʻi ilmiy xodimi Feruza Mirsolixova.

Birinchidan, Zuzu Kavkaz qoʻngʻir ayiqlarining kenja turi boʻlib, tegishli ravishda Kavkazda yashaydi — Oʻzbekiston hududida esa oq panjali ayiq yashaydi. Ikkinchidan, Zuzu Boku hayvonot bogʻida kelib tushgan, u yerdan esa juda kichikligida bizga olib kelingan, odamlar tomonidan boqib, tarbiyalangan.

– Menimcha, – dedi bizga telefon orqali Boku hayvonot bogʻi direktori Azer Huseynov, – kiperlaridan koʻrgan gʻamxoʻrlik va mehr unga yirtqichlarga xos fazilatlarni namoyon qilishga imkon bermadi. U odamdan yomonlik koʻrmagan, shuning uchun boʻlsa kerak, bolaga yomonlik qilmagan. Xudoga shukurki, bu dahshatli voqea ibtidosi xayrli boʻldi.