Toshkent hayvonot bog‘ida qora pantera tug‘ildi

    Toshkent hayvonot bogʻida Tayfun va Bagiraning bolasi — jajji pantera dunyoga keldi.

    Mag‘rur qora panteralar — Tayfun va Bagira bir kunda, 2018-yilning 15-iyulida tug‘ilgan. 2022-yilda esa Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelingan.

    Ayni damda panteralarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani, jajji panteraning ahvoli yaxshi ekani ta'kidlangan xabarda.