Alatau laqabli jirafaning vafoti sabablari haqida Toshkent hayvonot bog'ining bosh veterinar shifokori Mahmud Ko'ziboyev so'zlab berdi.

Ma'lum bo'lishicha, o'limdan keyingi patologoanatomik va laborator tekshiruvlari natijalariga ko'ra, hayvonning o'limi proventrikulyar timpaniya tufayli yuzaga kelgan miya ishemiyasi tufayli sodir bo'lgan. Timpaniya, o'z navbatida, o'n ikki barmoqli ichakning tug'ma nuqsoni tufayli hosil bo'lgan.

Ma'lumot uchun, Alatau hayvonot bog'iga 2016-yilda 3 yoshligida olib kelingan. Bu yerda jonivorning yashashi va to'laqonli oziqlanishi uchun eng ma'qul sharoitlar yaratilgan, shuningdek, barcha profilaktik veterinariya tadbirlari ham o'z vaqtida o'tkazilgan.