Toshkent hayvonot bogʻida hayvonlarga sabzavot uloqtirildi

    Bogʻga tashrif buyuruvchilardan biri hayvonlarni nishonga olib, sabzavot uloqtirdi.

    Bunday xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi va jonivorlarimiz uchun

    xavflidir. Afsuski, bu birinchi marta emas.

    Buni oʻz vaqtida payqab, kameraga yozib olgan gʻamxoʻr mehmonlardan minnatdormiz.

    Shuni yodda tutish kerakki, hayvonlarga gʻamxoʻrlik qilish bizning umumiy masʼuliyatimizdir va har bir hayvonot bogʻi mehmoni barchaning xavfsizligi va qulayligini taʼminlash uchun qoidalarga rioya qilishi kerak.

    Tartibni saqlashga yordam beradiganlar va jonivorlarimizni hurmat qiladiganlardan minnatdormiz, — deyiladi xabarda.