Toshkent hayvonot bogʻiga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi

    Ijtimoiy hayot 31 Mart 2023 2067

    Narx oshishiga sabab sifatida mutasaddilar Hayvonot bogʻida saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bogʻliq ekanini aytmoqda.

    Toshkent hayvonot bogʻiga kirish narxi joriy yilning 1-aprelidan oshiriladi. Bunga sabab sifatida mutasaddilar Hayvonot bogʻida saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bogʻliq ekanini aytmoqda.

    "1-apreldan Toshkent hayvonot bogʻiga kirish chiptalari uchun narxlar oshishini maʼlum qilamiz. Uzoq oʻylanishlardan soʻng kirish chiptalari narxini biroz koʻtarishga qaror qildik. Bu qaror, shuningdek, jonivorlar ozuqasi narxining oshishi bilan ham bogʻliq. Tushunishingizga umid qilamiz va sizni moʻjaz hayvonot bogʻimizda kutib qolamiz", deyiladi xabarda.

    Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik boʻlgan bolalar uchun kirish bepul.

    Xizmatni oʻtayotgan harbiylar, nafaqadagi fuqarolar va 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun kirish chipta narxi 20 ming soʻm. 16 yoshdan kattalar uchun esa 35 ming soʻm etib belgilandi.