Bu haqda bogʻ maʼmuriyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zoopark jonivorlarning parvarishi, salomatligi va farovonligi uchun doimo sarmoya kiritishini, biroq bularning barchasi katta moliyaviy investitsiyalarni talab qilishi, ular esa narxlarning oʻshishi bilan ortishini bildirdi.
Endilikda kirish chiptalarining narxi quyidagicha boʻladi:
- 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun — 25 ming soʻm (avval 20 ming soʻm);
- 16 yoshdan kattalar uchun — 40 ming soʻm (35);
- Nafaqadagi fuqarolar uchun — 25 ming soʻm (20);
- Xizmatini oʻtayotgan harbiylar uchun — 25 ming soʻm (20);
- Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun — bepul;
- 7 yoshdan kichik bolalar uchun — bepul.
Qaror, shuningdek, chorva yemi narxining oshishi, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz, suv) narxining oshib ketishining oʻrnini qoplash va hayvonlarni parvarish qilishni yuqori darajada saqlash zarurati bilan bogʻliqligi maʼlum qilindi.