Toshkent hayvonot bogʻida jirafa nobud boʻldi

    Toshkent hayvonot bogʻi xodimlari, veterinariya xizmati va xorijiy veterinar mutaxassislarning saʼy-harakatlariga qaramay bogʻdagi jirafa nobud boʻldi.

    Bogʻ maʼmuriyatining xabar berishicha, bogʻdagi xodimlar jirafani saqlab qolish uchun barcha davolash usullariniqoʻllashgan. Jumladan, xalqaro veterinariya videokonferensiyalarida ishtirok etgan mutaxassislarning yordamiva xorijiy mutaxassislar bilan oʻtkazilgan maslahatlashuvdan foydalanilgan.

    Biroq, patologanatomik tekshiruv natijalari jirafaning oʻlimiga oshqozon buralishi sabab boʻlganinikoʻrsatdi.

    Barcha harakatlarimizga qaramay, natija fojeaviy boʻldi. Jirafalarning anatomik va fiziologik xususiyatlaritufayli, ularning oshqozon-ichak tizimida jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazib boʻlmaydi. Chunki jahonamaliyotida bunday kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash holatlari mavjud emas, — deydi bogʻ maʼmuriyati.