Taʼkidlanishicha, 15-iyuldan Toʻqimachi bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlar Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanishi haqida xabar berilgandi.

Endilikda Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yoʻnalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin.

Yaʼni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “Oʻzbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va Toʻqimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yoʻnalishlaridagi poyezdlar 16-avgust sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.