Bu haqda xabar bergan edik.
Toshkent metropoliteni xabar berishicha, ushbu unutilmas holat munosabati bilan onaga va tugʻilgan farzandiga butun umr bepul metrodan foydalanish huquqini beruvchi maxsus kartani topshirishi rejalashtirilgan.
Bu sovgʻa — metro xodimlari fidoyiligi va insonparvarligi timsoli boʻlib, poytaxt metropoliteni tarixida alohida oʻrin tutadi.
Shuningdek, xizmat davomida ogohlik va jasorat namunasini koʻrsatgan navbatchi xodima — Naima Maxamadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xodimlari Toshkent metropoliteni rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirilishi nazarda tutilgan.








