Vaziyatga aniqlik kiritilishicha bekat navbatchisi M.M hamda katta operator G.I. farrosh M.S.ning tugʻilgan kunini nishonlash maqsadida ish vaqtidan avval kafega borishgan va xodimlar M.M. va M.S. spirtli ichimlik isteʼmol qilishgan. Tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra bu hol oʻz tasdigʻini topdi.
Shuningdek, oʻz hatti-harakati bilan mehnat intizomini qoʻpol ravishda buzganliklari uchun Harakat xizmati 1-bekat navbatchisi M.M. va bekat farroshi M.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Oʻz.R. MK ning 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandi hamda “Toshkent metropoliteni ichki mehnat tartibi qoidalari”ning 1-ilovasi 2-bandiga (ish joyida yoki ishga mast holda, giyohvandlik, psixotrop yoki zaxarvandlik vositalarini isteʼmol qilib kelish, buni guvohlar koʻrsatmasi yoki tibbiy xulosa tasdiqlangan boʻlsa) asosan bekor qilindi.
Harakat xizmati 1-bekat katta operatori G.I. esa M.M. va M.S. spirtli ichimlik isteʼmol qilib ish joyiga kelganligini, bu holat metropolitenda harakat xavfsizligiga rahna solishi va fojia bilan tugashi mumkinligini bila turib rahbariyatga maʼlum qilmagani uchun Toshkent metropolitenidan texnikaviy foydalanish qoidalarining 1-bob, 6-bandini (poyezdlar harakat bilan bogʻliq har bir xodim harakat xavfsizligi uchun oʻz majburiyatlari doirasida shaxsan javobgardir) buzgani sababli unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi birinchi qismi 1- bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazosi qoʻllandi.