Toshkent metrosida hojatxona quriladigan bekatlar nomi maʼlum boʻldi

    Maʼlumotlarga koʻra, hozirda 4 ta metro bekati “Buyuk ipak yoʻli“, “Amir Temur xiyoboni“, “Paxtakor“ va “Beruniy“ metro bekatlarida hojatxonalar qurilishining 1-bosqichi boshlangan.

    Metropoliten matbuot xizmati Yuz.uz ga bergan maʼlumotlariga koʻra, hojatxona qurish uchun yer ostida joylashgan quyidagi 9 ta bekat tanlab olingan.

    Ular quyidagilar:

    — “Buyuk ipak yoʻli” bekati;
    — “Amir Temur xiyoboni” bekati;
    — “Mustaqillik maydoni” bekati;
    — “Paxtakor” bekati;
    — “Olmazor” bekati;
    — “Beruniy” bekati;
    — “Chorsu” bekati;
    — “Doʻstlik” bekati;
    — “Bodomzor” bekatlarida hojatxona qurish rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz: Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida qurilgan ona-bola xonasi va hojatxona tarjiba-sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgani munosabati bilan boshqa 9 ta bekatda ham shunday maxsus xonalar qurilishi toʻgʻrisida xabar berilgan edi.