Toshkent metrosining “Oʻzgarish” bekatida yongʻin chiqdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Metropolitenning “Oʻzgarish” bekatida yongʻin chiqqani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha, Toshkent metropoliteni maʼlumot berdi.

    Shu yilning 27-avgust kuni kech soat 19:28 lar atrofida “Oʻzgarish” bekatining kontakt relsidagi mavjud qurilmalardan birida qisqa tutashuv holati sodir boʻldi.

    Yuzaga kelgan nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yoʻlovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan soʻng poyezd harakati qayta tiklangan.

    Hodisa oqibatida hech kimga hech qanday talafot yetmagan.

    Hozirgi vaqtda yoʻnalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval boʻyicha harakatlanmoqda.