Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi (juda koʻp miqdorda firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

1. 1980-y.t. Narmirzayev Bunyod Taxirovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
2. 1991-y.t. Xatamov Sanjar Ravshan oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
3.  1964-y.t. Qurbanov Shukurali Xaydaraliyevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi, juda koʻp miqdorda firibgarlik);
4.  1971-y.t. Shukurov Ramzes Fikrat oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositasini oʻtkazish).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.