Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish doirasida joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Toshkent moliya instituti tashabbusi bilan Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumanida obodonlashtirish va koʻchat ekish ishlari olib borildi.
Mazkur amaliy tadbirda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar, hokimlik vakillari hamda mahalla fuqarolari faol ishtirok etdi. Ushbu ezgu tashabbusda tumanning “Gʻalaba” MFY hududidagi “Yoshlar istirohat bogʻi”ga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos boʻlgan 2400 tupga yaqin daraxt koʻchatlari ekildi.
Toshkent moliya instituti va tuman hokimligi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu saʼy-harakatda istirohat bogʻi hududiga xayrli maqsadlar ila sada, qayragʻoch, klyon, yasin, chinor, katalpa, archa kabi turli-tuman daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.