Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va Rossiya metallurgiya sanoatining eng yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Rossiya tarafdan “MetProm” kompaniyalar guruhining rahbari Andrey Deyneko va REM (Rossiya eksport markazi) guruhiga kiruvchi “EKSAR” AJning bosh direktori Nikita Gusakovlar vakillik qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, barcha sohalarda rivojlanib borayotganligi taʼkidlandi. Yangi qoʻshma loyihalar, madaniy dasturlar amalga oshirilayotgani aytib oʻtildi.
Oʻzaro muloqot davomida Jahongir Ortiqxoʻjayev bevosita Toshkent bilan hamkorlik masalasiga toʻxtalar ekan, ikki tomon ham birgalikdagi ishlab chiqarishni ishga tushirishdan manfaatdorligini taʼkidladi. Shuningdek, u ushbu ishlab chiqarish uchun Yangihayot tumani eng istiqbolli ekanligini aytib oʻtdi.
Oʻz navbatida, Andrey Deyneko hozirgi kunda 200 000 tonna qatlamli metalloprokatni isteʼmol qiluvchi Oʻzbekiston bozori espertlar tomonidan oʻrganilganini hamda ehtiyojlar tahlili asosida ular oʻz takliflarini qayta shakllantirganlarini maʼlum qildi. Qurilish va maishiy texnikani ishlab chiqarishda pishitilgan qora tunukaga talab yuqoriligini, lekin ular zarur oq tunukani ishlab chiqarishni taʼminlashga tayyor ekanliklarini aytib oʻtdi. Bunda sovuq ishlov berilgan poʻlat turli sortamentlarda – qatlamlarda va rulonlarda boʻlishi mumkin.
Bundan keyin taraflar ushbu muhim investitsion texnologik loyihani amalga oshirish yoʻlidagi aniq bosqichlarni muhokama qildilar.