Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari - uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi tayinlandi.
Ushbu lavozimda hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Gʻofir Jamolov faoliyat yuritadi.
Gʻofir Jamolov 1974-yilda Namangan shahrida tugʻilgan, mutaxassisligi iqtisodchi-menejer.
1997-yilda Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Shuningdek, Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Muxtor Muhitdinov 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi mexanik, siyosatshunos.
Muxtor Muhitdinov hozirgacha Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlab kelgan.
Afgʻon investorlari Gʻuzorda intensiv bogʻ tashkil qiladi