Tuproqning haddan ziyoda namlanishi oqibatida daraxtlarning ildiz tizimi zaiflashishi mumkin. Bu esa daraxtlar va yirik shoxlarning qulab tushish xavfini oshiradi, ayniqsa eski yoki qiyshaygan daraxtlar ko'p bo'lgan hududlarda, deyiladi axborotda.
Shuningdek, aholidan yana quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishini so'ramoqda:
– avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
– shahar ko'chalari va hovlilarda harakatlanayotganda ehtiyotkor bo'ling;
– iloji boricha eski va qiyshaygan daraxtlar bor joylardan uzoqroq yuring;
– o'zingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mol-mulkingizni asrang.
Favqulodda vaziyatlar yuz bersa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.