Shahar hokimi oʻrinbosari F. Davrukov va hokimlik masʼullari ishtirok etgan tadbirda xorijlik tadbirkorning poytaxtimizda biznes yuritishga moʻljallangan bir qator loyihalari muhokama qilindi.

Hindistonlik mehmon Toshkentda jahon andozalari talablariga javob beradigan korxona, xususan, zargarlik zavodi qurish rejasini bildirdi, shuningdek, boshqa bir necha loyihalarni ham taqdim etdi. Xorijlik investorga poytaxtimizda korxona bunyod etish tartib-qoidalari, talablari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, korxona qurilishi uchun yer olish, undan foydalanish tartiblari ham tushuntirildi.

Bundan tashqari, Mir Nosir Ali Xon shifoxona va maktab qurish loyihalari bilan ham oʻrtoqlashib, bu boradagi shart-sharoitlar bilan qiziqdi.

Chet ellik tadbirkorga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirilib, barcha loyihalar birgalikda koʻrib chiqilishi taʼkidlandi.

Muzokoralar yakunida xorijlik mehmon Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Hindistonda targʻib qilishga tayyor ekanligini bildirdi.