Toshkent shahar hokimligida kuz-qish mavsumi uchun 24/7 rejimida ishchi guruh tashkil etildi

    Poytaxtning iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida Toshkent shahar ishchi guruhi oʻz faoliyatini boshladi.

    Bu haqda Poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.

    Maʼlum qilinishicha, ishchi guruh iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi taʼminotini uzluksiz yetkazib berishini taʼminlash hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etish boʻyicha oʻz faoliyatini olib boradi.

    Shtab aʼzolari uchun Toshkent shahar hokimligi binosidan joy ajratilgan boʻlib, 24/7 rejimida ish tashkil etilgan.

    Fuqarolar ushbu raqamga murojaat qilishlari mumkin:

    71 210-02-62

    1055