Uchrashuv chogʻida oʻzaro hamkorlikdagi bitimlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Poytaxtimiz hokimi Toshkent va Anqara shaharlari oʻrtasidagi koʻp yillik tarixga ega hamkorlikni yana rivojlantirish istiqbollari katta ekanligini taʼkidladi. Muloqot davomida turli sohalardagi aloqalar, birgalikdagi loyihalarning bugungi holati va ularni samarali amalga oshirish borasida fikr almashildi.
Turkiya elchisi Toshkentda kuzatilayotgan ijobiy oʻzgarishlar, qurilish, biznes, turizm yoʻnalishlaridagi qator yutuqlarga alohida toʻxtaldi.
Uchrashuvda ikki tomon oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish masalasini atroflicha muhokama etdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.