Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Toshkent shahrida kuchli yomgʻir va shamol kuzatilmoqda. Bu kabi vaziyatlarda elektr tarmoqlarida favqulodda uzilish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Tezkor brigadalar yuzaga kelgan va kelishi mumkin boʻlgan elektr taʼminoti uzilishlarini imkon qadar qisqa fursatda bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralar koʻradi.

Jumladan, favqulodda holatlarda foydalaniladigan texnika va maxsus jihozlar shay holatga keltirilib, brigadalar himoya vositalari bilan toʻliq taʼminlandi.

Isteʼmolchilarning elektr taʼminotiga oid murojaatlari doimiy ravishda qabul qilinib, ularning har biri boʻyicha tezkor nazorat oʻrnatilgan.

Kelib tushgan murojaatlar asosida aniqlangan muammolar boʻyicha brigadalar zudlik bilan ish olib borishi toʻliq taʼminlanadi.

Yuzaga kelgan har qanday uzilishlar elektr taʼminoti toʻliq tiklangunga qadar joyida bartaraf etish choralari koʻriladi.

Fuqarolardan elektr tarmoqlarida kuzatiladigan har qanday nosozlik holatlari boʻyicha yashash manzilingizdagi elektr taʼminoti korxonasining ishonch telefoniga yoki 1154 qisqa raqamiga murojaat yoʻllashi mumkinligi bildirildi.