Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 8.500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻtgan aprel oyida esa “Farhod dehqon bozori” AJ direktori, uning xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari hamda AT “Xalq banki” Uchtepa tuman filialining “Farhod dehqon bozori”ga xizmat koʻrsatuvchi kassiri bilan bogʻliq noqonuniy holat aniqlangan edi.
Yaʼni, Toshkent shahar hokimining 2021-yil 19-fevraldagi 203-sonli “Elga xizmat” va “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari” savdo nuqtalaridan bir martalik yigʻimlar va ijara toʻlovlari olinmasligi haqidagi qaroriga zid ravishda, mahalliy tadbirkorni bozordan chiqarib yuborish bilan qoʻrqitib, 2021-yilning oktyabr oyi oxirlaridan 2022-yilning fevral oyiga qadar undan bozorda savdo faoliyati olib borishi evaziga har kuni 66 ming soʻmdan pul mablagʻi olib kelishgan.
Shuningdek, ular tadbirkordan joriy yilning fevral-mart oylari uchun 3 mln. 400 ming soʻm toʻlov qilishini talab qilishgan.
DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va shahar IIBB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Xalq banki”ning Uchtepa tuman filiali “Farhod dehqon bozori”ga xizmat koʻrsatuvchi kassiri oʻz xizmat xonasida soʻralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, uning yonida kunlik tushumdan inkassatsiya qilingan 8 mln. 300 ming soʻm va inkassatsiya qilinmagan 9 mln. 150 ming soʻm pul mablagʻlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davomida “Farhod dehqon bozori” AJ direktori hamda uning xavfsizlik boʻyicha oʻrinbosari ham ushlanib, direktor oʻrinbosarining avtomashinasida boʻlgan 24 mln. 967 ming soʻm pul mablagʻi oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.