Sergeli tumanida 1974—1982-yillar oralig'ida tug'ilgan 4 nafar fuqaro 100 ming qalbaki AQSH dollarini 70 ming AQSH dollariga sotayotgani aniqlandi. Qonunbuzarlar Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ulardan birining yashash xonadonidan ham 10,950 qalbaki AQSH dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingani xabar qilinmoqda.