Toshkent shahrida 8-sinf oʻquvchisi vafot etgani aytilmoqda

    Voqea-hodisalar 28 Noyabr 2023 1205

    Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent shahridagi filologiya maktabida 8-sinf oʻquvchisi ochiq qolgan elektr tokiga tegib ketish natijasida vafot etgani aytilmoqda” mazmunida video xabarlar tarqaldi.

    Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan maʼlum qilinishicha, voqea 27-noyabr kuni soat 18.15 larda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 99-sonli umumtaʼlim maktabining sport maydonida sodir boʻlgan.

    Xabarda aytilishicha, oʻquvchi A.A. maktab hovlisidagi chiqib ketayotganida tobi qochgan va hushidan ketgan. Shu vaqtni oʻzida tez tibbiy yordam chaqirilgan va bola tez yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga olib ketilgan.

    Biroq shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan yordamga qaramay A.A. oʻziga kelmagan va vafot etgan.

    Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.