Oʻsish elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi bilan bogʻliq.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2024-yil 8-fevraldagi 97-sessiyasida “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan xizmat koʻrsatuvchi koʻp qavatli turar-joy binolarida yashovchi aholi uchun issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Batafsil maʼlumotlar Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarorida keltirilgan hamda yaqin vaqt ichida Toshkent shahar hokimining qarori bilan ham toʻldiriladi.
Aholiga issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun yangi chakana tarif 15 foiz oʻsib, 2019-yildan beri amalda boʻlgan 91 960 soʻm/Gkal oʻrniga 105 754 soʻm/Gkalni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki:
Yangi tariflar 2023-2024 kuz-qish mavsumi (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun oʻtib kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli Qarorining 95-bandiga muvofiq, isteʼmolchi issiqlik taʼminoti va issiq suv xizmatlari uchun avans toʻlovlarini (oldindan toʻlovlarni) amalga oshirganda, yetkazib beruvchi (“Veolia Energy Tashkent”) toʻlov vaqtida amal qilgan tariflar boʻyicha (avans toʻlovlari muddati uchun, lekin 12 oydan oshmagan) hisob-kitob qiladi.
Yuridik shaxslar va byudjet tashkilotlari uchun 2023-yil 2-dekabrdan kuchga kirgan tariflar oʻzgarishsiz qoldi.