Toshkent shahrida bir kunda jami 2 tonnaga yaqin non chiqindiga tashlab yuborilmoqda

    Bu haqda Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi maslahatchisi Ismoil Sagdullaev ma'lum qilgan.

    Uning aytishicha, Toshkent shahri bo'yicha 1000 ta chiqindi shoxobchalari mavjud. Ularning har biridan kuniga 1 kilogrammdan 3 kilogrammgacha “chiqindi nonlar” olinadi. Ya'ni umumiy hisobda kuniga 2 tonnaga yaqin non chiqindiga olib chiqib tashlanadi.

    “Ishchilar nonlarni mol-qo'y, parranda boqadigan odamlarga, tadbirkorlarga berib yuborishadi”, deydi Ismoil Sagdullayev.