Soʻnggi uch yilda 3,5 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, poytaxt aholisi va tadbirkorlarning elektr taʼminotini yaxshilash boshlandi. Kelasi yili ham bu maqsadlarga yana 1,5 trillion soʻm beriladi.
Umuman, poytaxt iqtisodiyoti oxirgi toʻqqiz yilda 2,5 barobar oʻsib, joriy yil 27 milliard dollarga yetadi. Aholi jon boshiga daromad esa 4,4 ming dollardan 8,6 ming dollarga koʻpaydi.
Natijada kambagʻallik darajasi yil boshidagi 7,3 foizdan 1 foizga, ishsizlik esa 4,5 foizdan 3,5 foizga pasayadi. Yaʼni Toshkent shahrida kambagʻallik va ishsizlik tabiiy darajaga tushadi.