Toshkent shahrida Milliy gvardiya xodimi oʻzini oʻzi otib qoʻydi. Xabarlarga qaraganda bu maʼlumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqlagan.

Unga koʻra, mazkur holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Ushbu voqea bugun, 17-oktyabr kuni sodir boʻlgan.

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, holat Olmazor tumani prokuraturasi binosida yuz bergan. Hozircha Milliy gvardiya xodimi oʻz joniga nima uchun qasd qilgani maʼlum emas.