Oʻrta Osiyo davlatlari orasida birinchilardan boʻlib DAB+ (Digital Audio Broadcasting) standartdagi radioeshittirishni test rejimida efirga uzatish yoʻlga qoʻyildi. DAB+ raqamli radioeshittirish bilan parallel ravishda FM diapazonida ham radiokanallar uzatib kelinmoqda.
DAB+ standarti orqali bitta uzatkichdan 16 ta radiokanallar (“Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Oʻzbekiston 24”, “Oriat Dono”, “Oriat FM”, “Vodiy sadosi”, “Poytaxt (uzb)”, “Poytaxt (rus)”, “Grand”, “Yoshlar ovozi”, “Maksima”, “Avtoradio Hamroh”, “Navroʻz”, “Nostalgiya”, “Oʻzbegim taronasi”) 199,360 MHz chastotada test rejimida efirga uzatilishi taʼminlandi.
Hozirda test rejimida efirga uzatilmoqda.