Toshkent shahrida yangi yil archasi qayerlarga oʻrnatilishi eʼlon qilindi

    2025-yil kirib kelishiga juda oz fursat qoldi va Toshkent bayram tantanalarini nishonlashga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

    Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinib, 25-dekabr — 10-yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.

    Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda boʻlib oʻtadi:

    Bektemir tumani:

    “Food citi” majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;

    Mirobod tumani:

    “Furqat” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;

    Mirzo Ulugʻbek tumani:

    Markaziy bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;

    Sergeli tumani:

    Tuman markaziy hiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;

    Olmazor tumani:

    Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;

    Shayxontohur tumani:

    “Anhor Lokomotiv” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;

    Shayxontohur tumani:

    “Tashkent Citi” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;

    Uchtepa tumani:

    “Seul” Eko-bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;

    Chilonzor tumani:

    “Gʻofur Gʻulom” nomidagi istirohat bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;

    Chilonzor tumani:

    “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;

    Chilonzor tumani:

    “Majik citi” bogʻi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;

    Yakkasaroy tumani:

    “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;

    Yashnobod tumani:

    “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;

    Yangihayot tumani:

    “Mehrigiyo” 24/7 savdo va xizmat koʻrsatish koʻchasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;