Ta’kidlanishicha, ta’lim maskanlarida navbatdagi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan, jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, 4-sentabr kunidan boshlab, Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari soni 167 taga yetkaziladi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshiriladi.
Jumladan, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida, 4-sentabr kunidan boshlab Toshkent shahrida qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda. Yangi yo‘nalishlar manzili quyidagi jadvalda keltirilgan.
