Birinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 3 ta ko'chada tez muddatda yangi o'tish joylarini ochish va yo'lni kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Bular:
1) Sebzor ko'chasi bo'ylab Abdulla Qodiriy ko'chasi kesishmasidagi yo'l o'tkazgichdan tushgandan so'ng, Zulfiyaxonim ko'chasiga o'tish uchun asosiy qatnov qismidan mahalliy yo'lga yangi o'tish joyini ochish;
2) Toshkent xalqa avtomobil yo'lining 11-kilometrida (To'sin bozor qarshisida) 250 metr masofada yo'lni kengaytirish;
3) Al-Xorazmiy – Katta Qa'ni ko'chalari chorrahasida aylanma harakatni tashkil etish;
Ikkinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 3 ta ko'chalarning transport o'tkazish qobiliyatini oshirish bo'yicha tadbirlarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan. Bular:
1.Choshtepa - Yangi Sergeli ko'chalari kesishmasida o'tkazuvchanlikni oshirish maqsadida, kesishmani kengaytirish (parametrlarini o'zgartirish);
2.Toshkent xalqa avtomobil yo'li – Samarbonu ko'chalari kesishmasida mahalliy yo'lni kengaytirish hisobiga o'tkazuvchanlikni oshirish;
3.Mustaqillik – Parkent ko'chalari kesishmasida yashil hudud hisobidan yangi yo'l ochish rejalashtirilgan.
Uchinchi bosqichda, Toshkent shahridagi 6 ta ko'chalarda transport oqimi o'rganilib, tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bular:
1.Yunusobod tumanidagi Qoraqamish ko'chasini Toshkent xalqa avtomobil yo'li bilan bog'lash uchun yangi yo'l qurish;
2.Muqumiy – Lutfiy - Seul - Nurafshon ko'chalari kesishmasi parametrlarini o'zgartirish yo'li bilan o'tkazuvchanlikni oshirish;
3.Toshkent halqa avtomobil yo'li - Amir Temur ko'chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o'tkazish yo'li bilan o'tkazuvchanlikni oshirish;
4.Shota Rustaveli – Mirobod - Shahrisabz ko'chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o'tkazish yo'li bilan o'tkazuvchanlikni oshirish.
5.Kichik xalqa avtomobil yo'li bo'ylab “CRAFERS” korxonasi qarshisida yangi qayrilib olish joyini ochish;
Seul – Novza – Bunyodkor ko'chalari kesishmasida kanal ustidagi ko'prikni kengaytirish xisobiga kesishma o'tkazuvchanligini oshirish rejalashtirilgan.