Iste'molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta'minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida ertaga, bugun quyidagi manzillarda elektr ta'minoti vaqtincha o'chiriladi:
Yangihayot: “Jaloir” MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod: “Tovkentepa” MFYning YAngihayot ko'chasida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yunusobod: “Otchopar” MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy: “Konstitutsiya” MFYning ayrim ko'chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali o'z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta'mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib, vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste'molchilardan uzr so'raydi.