Toshkent shahridagi ayrim mahallalarda tabiiy gaz oʻchirildi

    20-may kuni soat 03:40 da Toshkent shahri Yunusobod tumanining “Obod”, “Oqtepa”, “Bobodehqon” MFYlari va Shifokor koʻchasida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

    Poytaxt hududgaztaʼminoat filiali holatni Yunusobod tumanining 19-mavzesida yuqori bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqishi bilan izohladi.

    225 ta yerli xonadon, 2 ta koʻp qavatli uylardagi 146 ta xonadon va 3 ta AGTKSH tarmoqdan vaqtincha uzildi.

    Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

    Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻradi.