Poytaxt hududgaztaʼminoat filiali holatni Yunusobod tumanining 19-mavzesida yuqori bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqishi bilan izohladi.

225 ta yerli xonadon, 2 ta koʻp qavatli uylardagi 146 ta xonadon va 3 ta AGTKSH tarmoqdan vaqtincha uzildi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻradi.