Toshkent shahrining 10 ta markaziy koʻchasida yoʻl-boʻyi pullik toʻxtash joylari tashkil etiladi

    Urbanizatsiya 21 Noyabr 2022 1192

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-111-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yili 10 ta markaziy koʻchalarida avtomobillarning pullik toʻxtash joylarini tashkil etish belgilangan.

    Yaʼni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas koʻchalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylarini tashkil etish belgilangan.

    1. Glinka koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta.
    Glinka koʻchasi (Nukus koʻchasidan Shota Rustaveli koʻchasiga qadar)

    2. Bratislava koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta.

    Bratislava koʻchasi (Shota Rustaveli koʻchasidan Bobur koʻchasiga qadar)

    3. Mirobod koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta.

    Mirobod koʻchasi (Nukus koʻchasidan Sharof Rashidov koʻchasiga qadar)
    Mirobod koʻchasi (Nukus koʻchasidan Sharof Rashidov koʻchasiga qadar)

    4.Avliyo ota koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta.

    Avliyoota koʻchasi (Nukus koʻchasidan Mirobod koʻchasiga qadar)

    5. Taras Shevchenko koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.

    T.Shevchenko koʻchasi (Turkiston koʻchasidan Buxoro koʻchasiga qadar)
    T.Shevchenko koʻchasi (Turkiston koʻchasidan Buxoro koʻchasiga qadar)
    T.Shevchenko koʻchasi (Turkiston koʻchasidan Buxoro koʻchasiga qadar)

    6. Said Baraka koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta.

    Said Baraka koʻchasi (Oybek koʻchasidan Istiqbol koʻchasiga qadar)

    7. Moshtabib koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta.

    Moshtabib koʻchasi (Amir Temur koʻchasidan Istiqbol koʻchasiga qadar)

    8. Fidokor koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta.

    Fidokor koʻchasi (Oybek koʻchasidan Amir Temur koʻchasiga qadar)

    9. Sodiq Azimov koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta.

    Sodiq Azimov koʻchasi (Amir Temur koʻchasidan Oʻzbekiston ovozi koʻchasiga qadar)
    Sodiq Azimov koʻchasi (Amir Temur koʻchasidan Oʻzbekiston ovozi koʻchasiga qadar)

    10. Yakub Kolas koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

    Toshkent shahrida avtomobillarning yoʻl boʻyi pulli toʻxtash joylarining yagona tizimini yaratishda qaratilgan asosiy yoʻnalishlar

    Toshkent shahrida avtomobillarning yoʻl boʻyi pulli toʻxtash joylarining yagona tizimini yaratish shaxsiy avtomobildan foydalanish ulushini va koʻchalardagi tirbandliklarni kamaytirishning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

    Toshkent shahrida avtomobillarning yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylarining yagona tiziminini yaratish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda:

    1. Shaharning markaziy qismida:

    - avtomobillarning yoʻl boʻyida toʻxtashlari uchun haq toʻlash tizimi joriy etilishi shaxsiy avtomobil haydovchilarini shaxsiy avtomobilda shahar markaziga kelishdan voz kechishga va jamoat transportidan foydalanishga ragʻbatlantiradi, bu esa oʻz navbatida koʻchalarning boʻshashi natijasida harakatlanishga sarflanadigan umumiy vaqtning tejalishiga olib keladi;

    - yengil taksilar va karshering uchun toʻxtashga ruxsat berilishi ham shahar markazidagi transport oqimining kamayishiga omil boʻladi.

    2. Shahar markazidan tashqaridagi hududlarga:

    - aholi yashash joylari yonida qulay toʻxtash joylari tashkil etilishi ham koʻchalarning oʻtkazuvchanligini, harakatlanish tezligini va qulayliklarninng oshirilishga xizmat qiladi.

    avtomobillarning yoʻl boʻyi pulli toʻxtash joylarining yagona tiziminini yaratish pirovard natijasida koʻchalarni tirbandlikdan xalos qilishga va kunning “tigʻiz” paytida avtotransport vositalarining oʻrtacha harakatlanish tezligining oshishiga imkon beradi.

    Shaharning markaziy qismidagi koʻchalarda pullik toʻxtash joylarini joriy etishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

    1. Toʻxtash joylarini topishning osonligi:

    - pullik toʻxtash joylari xududlarida boʻsh joylarning mavjudligi;

    - avtomobil toʻxtash joylari mavjud boʻlgan koʻchalarida avtortansport vositasining aylanma harakatini jadallashtirishga.

    2. Avtomobilda shahar markazida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga borish vaqtining kamayishi. Bunda pullik toʻxtash joylari xududlarida boʻsh joylarning mavjudligi joy axtarish uchun harakat tezligini kamaytirishga hojat qoldirmaydi, shuningdek toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklari kamligi sababli harakat tezligi oshadi.

    3. Jamoat transportidan foydalanish jozibadorligining oshishi. Qoʻshimcha yoʻnalishlar ochilishi va harakat intervali qisqarishi jamoat transportidan foydalanish qulayligini oshiradi.

    4. Piyodalar uchun qulayliklar yaratilishi. Piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan xududlarni avtomobillardan himoyalanganligi piyodalar havfsizligini oshirib, qulay harakatlanish muhitini yaratadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-111-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yili 10 ta markaziy koʻchalarida avtomobillarning pullik toʻxtash joylarini tashkil etish belgilangan.