Bugundan ushbu jarayonni keng koʻlamda tashkil etish uchun Toshkent shahrining aholi gavjum nuqtalarida qoʻshimcha emlash punktlari tashkil etildi va ularga oilaviy poliklinikalarning emlash uchun maxsus xodimlari biriktirildi. Ular fuqarolarni tegishli koʻrikdan oʻtkazib, emlash jarayonini amalga oshirmoqdalar.

Emlanishni istagan insonlar ushbu punktlarga fuqarolik pasporti bilan kelishlari mumkin.

Poytaxtimizda tashkil etilgan qoʻshimcha emlash punktlari quyidagilar:

Mirobod tumanida (4ta):

“Mirobod” dehqon bozori;
“Korzinka” supermarketi (Fayziobod);
“Risovoy” bozori;
“Korzinka” supermarketi (Sarakul).

Mirzo Ulugʻbek tumanida (5 ta):

“EKO” bozor;
“Boʻz” bozor;
“Yalangʻoch” bozori;
“Navroʻz” dehqon bozori;
8-sonli oilaviy poliklinika filiali.

Shayxontohur tumanida (4 ta):

“Eski Joʻva” dehqon bozori;
“Chorsu” buyum bozori;
“Korzinka” supermarketining 2 ta filiali;

Yunusobod tumanida (5 ta):

Yunusobod dehqon bozori;
“Oloy” dehqon bozori;
“Mega Planet” supermarketi;
“Korzinka” supermarketi (Sayram);
“Korzinka” supermarketi.

Yakkasaroy tumanida (3 ta):

“Askiya” bozori;
“Next” supermarketi;
“Korzinka” supermarketi.

Chilonzor tumanida (6 ta):

“Korzinka” supermarketi (“Chilonzor” metro bekati);
“Qatortol” bozori;
Chilonzor buyum bozori;
“Ippodrom” bozori;
“Korzinka” supermarketi (Algoritm).

Sergeli tumanida (3 ta):

Sergeli mashina bozori;
Sergeli dehqon bozori;
“Korzinka” supermarketi.

Yashnobod tumanida (6 ta):

“Oʻrta masjid” mahallasi;
“Dilbogʻ” mahallasi;
“Olmos” mahallasi;
“Aviasozlar” bozori;
“EKO” bozor;
“Korzinka” supermarketi.

Olmazor tumanida (1 ta):

“Tansiqboyev” bozori

Uchtepa tumanida (2 ta):

“Sino med” MCHJ;
“Farhod" dehqon bozori.

Bektemir tumanida (3 ta):

“Kompas” savdo majmuasi;
“Qoʻyliq” ulgurji bozori;
“Qoʻyliq” dehqon bozori.

Yangi hayot tumanida (5 ta):

Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika;
ushbu poliklinikaning Binokor filiali;
“Choshtepa” MFY;
331-son umumtaʼlim maktabi;
329-son umumtaʼlim maktabi.