Toshkent shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi

    Ijtimoiy hayot 21 Oktabr 2022 2672

    22-oktyabr soat 12:00 dan 23-oktyabr soat 24:00 gacha Toshkent shahrining quyidagi hududlarida ichimlik suvi bosimining pasayishi va vaqtincha boʻlmaydi.

    Bu haqda “Oʻzsuvtaʼminot” Aksiyadorlik jamiyati maʼlum qildi. Xabarga koʻra, 2022-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida katta hajmli suv oʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilyapti.

    Mirzo Ulugʻbek tumanida:

    Maxtumquli koʻchasi: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi, “Oʻzbekiston” mehmonxonasi;

    Shaxrisabz koʻchasi: “Le Grand Plaza” mehmonxonasi, “Ipoteka bank”, “OTTO” kafesi, Oʻzbekturizm, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Brookland” avtomobil yuvish shaxobchasi;

    Istiqlol koʻchasi: “BLA BLA” bar, 50-maktab, Aloqa litseyi, Energetika vazirligi, “1991” kafesi, Trilliant kompleksi.

    Yashnobod tumanida:

    Indoneziya, Yaponiya, Fransiya, Turkiya, Ukraina, Belarus va Xitoy elchixonalari, Travmatologiya markazi, Ortopediya markazi, Shahar DSENM, “Toʻytepa” mahallasi, 1-sonli poliklinika, Milliy bank, Tabiatni muxofaza qilish qoʻmitasi, 2 ta cherkov, Yashnobod soliq idorasi, Oʻzbekneftgaz boshqarmasi, 145-sonli maktab, 222 va 559-sonli bolalar bogʻchasi, 6-sonli shahar tugʻruqxonasi, Mahalla jamgʻarmasi, Yashnobod xokimyati, Respublikasi bosh prokraturasi, Anjumanlar saroyi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi binosi, Fargʻona yoʻli-13 koʻcha, Fargʻona yoʻli-15 koʻcha, Bojxona boshqarmasi, Fargʻona yoʻli koʻchasidagi 20 ta korxona, Qashqadaryo koʻchasi tor koʻchalari bilan, Boku koʻchasi tor koʻchalari bilan, “Maʼrifat” MFY, “Shirmonbuloq” MFY.

    Yunusobod tumanida:

    “Briliant” biznes markazi, “Mobiuz” telefon kompaniyasi, Oʻzbek pochtampti, “Ugolok” kafesi, “Hayot” mehmonxonasi, “Poytaxt” savdo markazi, “Toshkent” mehmonxonasi, Sayilgoh koʻchasi, Adliya vazirligi, “Sity PALASE” mehmonxonasi, Huquqshunoslik universiteti va Gofman universiteti.

    Mirobod tumanida:

    “Salar”, “Mingoʻrik”, “Movarounnahr”, “Tong yulduzi”, “Sharof Rashidov” mahallalarida, A.Temur koʻchasi, Shahrisabz, Buxoro, Zarafshon, Taras Shevchenko, Islom Karimov, Fidokor koʻchasi, Qoʻshkoʻprik, Mehrjon koʻchalarida, Inoqobod koʻchasi tor koʻchalari bilan birga, Temiryoʻlchilar koʻchasi tor koʻchalari bilan birga, Sariqkoʻl koʻchasi, Eski Sariqkoʻl koʻchasi, Fargʻona yoʻli koʻchasi boʻylab, Nukus koʻchasidan Tolimarjon koʻchasigacha, Toshkent shahar kasaba uyushmasi binosi, 1-sonli Respublika klinik kasalxonasi va Harbiy prokuratura, Teri-tanosil kasalliklari kasalxonasi, Qon quyish markazi, mehmonxona, Afrosiyob zavodi, “Chayna taun” restorani, “Tibbiy sudekspertiza”, Ya.Gʻulomov koʻchasi, Immunologiya instituti, A.Qodirova koʻchasi, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, 4-sonli tugʻuruqxona.

    Chilonzor tumanida:

    Iqtisodiyot vazirligi, Prezident akademiyasi, hukumat garaji, Afrosiyob koʻchasi 2-uy, Xumo arena, Beshyogʻoch koʻchasi Boks federatsiyasi, Beshyogʻoch koʻchasidagi koʻp qavatli uylar va Beshyogʻoch koʻchasidagi mehmonxona.

    Yakkasaroy tumanida:

    “Yunus Rajabiy” mahallasi, “Tepa” mahallasi, Prezident Administratsiyasi, Ichki ishlar vazirligi binosi, Prezident Xavfsizlik xizmati binosi, Interpol binosi, Turkiston mehmonxonasi, A.Qaxxor muzeyi, Yu.Rajabiy muzeyi, Islom Karimov nomidagi ilmiy maʼrifiy yodgorlik majmuasi, 323-sonli MTM, IIVga qarashli MTM, UDAP va Samarqand nasos stansiyasi hududidagi Sh.Rashidov, Samarqand, Afrosiyob koʻchalaridagi koʻp qavatli uylar.

    Suv taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilgan hududlar maxsus texnika yordamida ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

    “Oʻzsuvtaʼminot” Aksiyadorlik jamiyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi.