Hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatlanayotgan 4-sonli “Toshkent-Shahrisabz” yoʻlovchi poyezdi joriy yil 20-oktyabrdan boshlab yangi jadval asosida, yaʼni soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan, shuningdek, joriy yil 21-oktyabrdan “Shahrisabz-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 3-son yoʻlovchi poyezdi soat 05:31 da Shahrisabz temir yoʻl vokzalidan qatnovini amalga oshirishni boshlaydi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda 4-sonli “Toshkent-Shahrisabz” yoʻlovchi poyezdi soat 09:00 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan, “Shahrisabz-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 3-son yoʻlovchi poyezdi esa soat 17:04 da Shahrisabz temir yoʻl vokzalidan qatnovini amalga oshirmoqda.

Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.