Toshkent soliq texnikumi talabalari oʻqishni Koreyada davom ettirishi mumkin

    Ta'lim 15 Yanvar 2021 1473

    2021-yil 14-yanvar kuni Xonam universiteti rektori janob Pak Sang Chol boshchiligidagi delegatsiya va Toshkent soliq texnikumi rahbariyati oʻrtasida navbatdagi uchrashuv onlayn tarzda tashkil qilindi.

    Uchrashuvda 2019-yilda Koreya universiteti Xorijiy talabalar bilan ishlash departamenti vakillarining Toshkentga qilgan tashrifi doirasida IT texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha erishilgan kelishuv yuzasidan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Muzokaralar davomida ikki davlat taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha memorandum imzolandi. Unga koʻra 2+2 koʻrinishida birgalikda mutaxassislar tayyorlashga kelishildi.

    Endilikda Toshkent soliq texnikumi bitiruvchilari oʻqishini Xonam universitetining tegishli yoʻnalishlarida 3-kursdan davom ettirishlari mumkin boʻladi.