Joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent soliq texnikumi ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2021/2022-o‘quv yilida Toshkent soliq texnikumining “Soliq va soliqqa tortish” yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagan 180 nafar o‘quvchi Davlat soliq qo‘mitasi va Fiskal institut rahbariyatidan diplomlarini qabul qilib oldi.

Shuningdek tadbirda, Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi vakillari, Toshkent soliq texnikumi jamoasi hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Fiskal institut rahbariyati hamda texnikum oʻqituvchilari yoshlarga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Shu bilan birga, tadbirda texnikumni aʼlo baholarga tamomlab, doimiy ravishda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan zukko oʻquvchilar Fiskal institut rahbariyati tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.