Energetika vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, bu xabar mutlaqo asossiz boʻlib, bugungi kunda nafaqat Namangan viloyatida, balki respublika boʻyicha gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati toʻxtatilishi koʻzda tutilmagan.
Hozirda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlari yetarli bosimda tabiiy gaz taʼminotiga ega boʻlgani uchun gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyatini toʻxtatishga ehtiyoj mavjud emas.
Fargʻona vodiysidagi gaz shahobchalarining ishlash vaqti bosqichma-bosqich uzaytirilib, bugungi kunda 14-15 soatdan (soat 7:00dan 21:00gacha) faoliyat yuritmoqda va yaqin kunlarda ularning ish faoliyatining uzluksizligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.