Bugungi kunda talabalar turar joylari uchun ariza topshirgan 3943 nafar talabalarga my.gov.uz portal, billing.edu.uz portali orqali esa 1-2 va yuqori kurs talabalarining 1500 nafari talabalar turar joylariga joylashtirildi. Ushbu jarayonlar hamon davom etmoqda.
Shuningdek, akademiyada maxsus guruh tashkil etilgan boʻlib, ushbu guruh talabalar turar joylariga ariza topshirgan nomzodlar orasidan kam taʼminlangan, moddiy koʻmakka muhtoj, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga yotoqxona ajratish bilan shugʻullanadi.
Hozirgi kunda 644 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar talabalar turar joylariga joylashtirildi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, akademiyada talabalarni turar joy bilan taʼminlash boʻyicha 1 ta markaziy shtab, 4 ta markaz tashkil qilingan.
Bundan tashqari Toshkent tibbiyot akademiyasida tomonidan topilgan 385 ta ijara xonadonlarida jami 2449 ta oʻrin mavjud boʻlib, 10-avgustdan to bugunga qadar ushbu xonadonlarga 100 nafardan ziyod talabalar ijara shartnomalari asosida joylashtirildi.
Hamkorlik materiali