“Iqbol” MFYda yashovchi I.U. oʻz uyida 8 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 342 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.