Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi qardosh qoraqalpoq do'stlarimizga o'ziga xos insonparvarlik yordami sifatida Mo'ynoq tumaniga yuborildi. Jo'natma Toshkent viloyati Toshkent tumanida yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan to'ldirilgan.

Avtokarvonga 10 tonnadan ortiq sabzavot mahsuloti ortilgan bo'lib, Mo'ynoq tumani aholisiga arzon narxlarda sotilmoqda.

Shuningdek, mutasaddilarga Toshkent tumani hokimligi tomonidan yuborilgan sabzavot mahsulotini ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatish vazifasi topshirilgan.