2025-yil 5-8-aprel kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
- Namangan viloyati Pop tumani togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda,qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraldi.