Toshkent hamda Navoiy viloyatining ayrim hududlarida maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlov tariflarini tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli sessiya qarorlari bilan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yagona toʻlov tariflari tasdiqlandi.
Unga koʻra:
— Toshkent viloyatining ayrim hududlari (Bekobod va Nurafshon shahri hamda Zangiota tumani)da jismoniy shaxslar yaʼni aholi uchun 7 840 soʻm (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 82 880 soʻm (QQS bilan) toʻlov miqdori belgilandi. Belgilangan toʻlov tarifi Toshkent viloyati “Ibroximjon ishonch” MCHJ, “Shabnam-obod-servis” MCHJ, “Ahmadjon omad baraka” XK, “Dilshod Murodbaraka” XK, “Metal-mexanik-master” MCHJ, “Orzu ishonch fayz” MCHJ, “Dilxumor servis” MCHJ, “Obod hudud servis” MCHJ, “Iskandar servis luks” MCHJ, “Maks qur lider maxsus” MCHJ hamda “Nurafshon-obod-hudud” MCHJlar kabi sanitar tozalash korxonalari uchun tasdiqlandi.
— Navoiy viloyatining ayrim hududlari (Gʻozgʻon shahri hamda Xatirchi, Navbahor, Nurota va Konimex tumanlari)da jismoniy shaxslar yaʼni aholi uchun 4 950 soʻm (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 80 080 soʻm (QQS bilan) miqdorida toʻlov tasdiqlandi. Belgilangan toʻlov tarifi «MIRONSHOX KOMFORT SERVIS» MCHJ sanitar tozalash korxonasi uchun amal qiladi.
Shuningdek, maishiy chiqindilarni joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish xizmati uchun Navoiy viloyati boʻyicha 1 m³ — 20 160 soʻm (QQS bilan) hamda 1 tonna — 48 933 soʻm (QQS bilan) etib tasdiqlandi.
Taʼkidlash joizki, ushbu chora-tadbirlar davlatimiz rahbarining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish oʻrinlari yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi.









