Shu yilning 9-dekabr kuni masʼul idoralar tomonidan Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Toshkent tumanlari hamda Toshkent shahri hududlarida navbatdagi oʻrganishlarni amalga oshirdi.
Reydlar davomida umumiy hisobda 3222 ta obyektda atmosferani muhofaza qilish talablariga rioya etilishi oʻrganilib, 24 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Umuman olganda 25-noyabr — 9-dekabr kunlari oʻtkazilgan keng qamrovli oʻrganishlar natijasida:
- 895 ta huquqbuzarlik aniqlanib, maʼmuriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi;
- atrof-muhitga zarar yetkazgan 75 ta obyekt (Toshkent viloyatida 66 ta, Toshkent shahrida 9 ta) faoliyati 10 ish kuniga toʻxtatildi;
- 37 ta issiqxonada filtrlar oʻrnatildi;
- 6 ta issiqxona gaz tarmogʻiga ulandi, yana 7 ta obyekt gazga ulanish uchun texnik shart olish maqsadida ariza topshirdi.
Reyd tadbirlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.








