Ta’kidlash joiz, Toshkent va Qozon shaharlari mutasaddilari doimo amaliy muloqotda bo‘lib, turli sohalarda amaliy hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr va tajriba almashishadi. Mazkur tashrifning maqsadi ham o‘zaro tajriba almashish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, shaharsozlik, arxitektura, obodonlashtirish, jamoat transporti tizimini o‘rganish, shuningdek, Qozondagi ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlari bilan tanishishdan iborat.

Tashrif davomida o‘zbek delegatsiyasining Qozon meri Ilsur Metshin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, 2021-2022-yillarda shaharsozlik sohasida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, delegatsiya Gorkinsko-Ometevskiy o‘rmon bog‘ini, Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasini, «Oq gullar» bulvarini, «Uram» ekstremal bog‘ini, «Art Citi» uy-joy majmuasini, Nijniy Kaban ko‘lini ta'lim, sport va boshqa ob’ektlarni ko‘zdan kechirishdi, deb xabar beradi Toshken shahar hokimligi matbuot xizmati.